Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shov-shuvli «Neftchi» – «Turon» o‘yini va Islom To‘xtaxo‘jayev bilan suhbat. FootWeek Farg‘onada
FootWeek loyihasi futbol haqida turli go‘shalardan lavhalar tayyorlashda davom etadi. Bobur Akmalov mualliflik ko‘rsatuvining navbatdagi soni uchun Farg‘onaga safar qildi. Dasturning yangi sonidan Proliganing hal qiluvchi o‘yini, uning atrofidagi voqealar va Islom To‘xtaxo‘jayev bilan intervyu o‘rin olgan.
Aytish joizki, safar kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi. «Neftchi» va «Turon» klublari o‘rtasidagi o‘yin va uning atrofidagi voqealardan ko‘pchilik xabar topib ulgurdi. Mojaroli o‘yindan jonli, voqealar markazidan olingan qiziqarli lavhalar aynan shu ko‘rsatuvdan joy oldi.
Ko‘rsatuvda boshlovchi o‘yin ruhiyatini, anturajni yetkazishga harakat qiladi. Stadionga oqib kelayotgan muxlislar, kayfiyatlar, emotsiyalar, muxlislik his-hayajoni, futbolchilar va murabbiylarning holati jam bo‘lgan ko‘rsatuvda, operator bilan birga o‘yindan avval va hatto o‘yin tanaffusida kiyim almashtirish xonasigacha kirib borishingiz mumkin.
O‘zbekiston milliy jamoasi va Xitoyning «Shenyan Urban» klubi a'zosi Islom To‘xtaxo‘jayev bilan intervyuda o‘zbek va xitoy futboli ichidagi ko‘plab mavzularda so‘z boradi.
Kelishilgan o‘yinlar, maosh to‘lamayotgan klublar, maydonlar ahvoli, Sarkisyandan keyin o‘ziga kela olmayotgan «Neftchi», milliy jamoadagi hozirgi holat, Abramov o‘tkazayotgan sinovlar va yig‘inlar kabi mavzular shular jumlasidan.
Islom To‘xtaxo‘jayev ishlar qanday bo‘lishi kerakligi haqida Xitoy futboli misolida gapirib, o‘zining kelajagini qay sohada ko‘rayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:31 / 26.05.2025
O‘zbekistonning BAA va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi
16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida
10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi
22:12 / 20.09.2023