Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlar Oliy sudda ko‘riladi
O‘zbekiston Oliy sudida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sudlov tarkibi tuziladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ushbu sudlov tarkibiga 2021 yil 1 yanvardan boshlab yirik investorlar va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish vakolati beriladi.
Tegishli qonun loyihasi ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rilmoqda.
Qonun loyihasi sud tizimiga oid prezident farmonlaridagi vazifalardan kelib chiqib tayyorlangan bo‘lib, unda quyidagilar belgilangan:
- investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘riladi;
- qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
20:44 / 27.02.2025