Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rais tayinlandi.
Alisher Abrorovich Usmonov O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ish boshladi.
Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, ushbu tayinlov joriy yil oktyabr oyi oxirlarida amalga oshirilgan.
Alisher Usmonov bundan oldin Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2007 yilda II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirlarida O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazilgandi.
Bahodir Toshmatov Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025