Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qo‘lga olingan rossiyalik jurnalistlar josuslikda ayblanmoqda
Istanbul meriyasining bildirishicha, jurnalistlar ruxsatnoma olmasdan suratga olishga urinishgani uchun ushlangan.
Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olingan Rossiyaning NTV telekanali jurnalistlari josuslikda ayblanmoqda. Bu haqda telekanal o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
“Tsentralnoye televideniye” ko‘rsatuvining boshlovchisi va operatori Aleksey Petrushko hamda Ivan Malishkin 3 dekabrdan boshlab aloqaga chiqmay qo‘ygan. Keyinroq ular dron ishlab chiqaruvchi zavod yonida suratga olishga uringan vaqtda qo‘lga olingani ma'lum bo‘lgan. Istanbul meriyasining bildirishicha, jurnalistlar ruxsatnoma olmasdan suratga olishga urinishgani uchun ushlangan.
7 dekabr kuni ular sudga olib kelindi, deb xabar bermoqda NTV.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik diplomatlar jurnalistlar taqdiri bilan shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025