Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 200 nafarga yaqin kishi hibsga olindi
Politsiya maxsus operatsiyasi Izmir shahri prokuraturasi 304 nafar kishini hibsga olishga order berganidan so‘ng o‘tkazilgan.
Turkiya politsiyasi 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlangan 198 kishini hibsga oldi. Bu haqda Turkiya OAV xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, qo‘lga olinganlar orasida oddiy fuqarolar ham, harbiy xizmatchilar ham bor.
Politsiya maxsus operatsiyasi Izmir shahri prokuraturasi 304 nafar kishini hibsga olishga order berganidan so‘ng o‘tkazilgan.
Turkiya hukumati Fathulloh Gulenning FETO tashkilotini 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblamoqda. AQShda yashayotgan Gulen esa bu ayblovni rad etmoqda.
Turkiyada FETO tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib minglab kishilar sudlandi, o‘n minglab kishilar davlat idoralaridagi ishidan chetlashtirildi. Ularning aksariyatini ofitserlar, OAV vakillari, tadbirkorlar tashkil etadi.
Mavzuga oid
21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025