Mayya Sandu rasman Moldova prezidenti deb e'lon qilindi
Moldova konstitutsiyaviy sudi raisi Domnika Manole Mayya Sanduni mamlakatning yangi prezidenti deb e'lon qildi. Bu sud Moldovada o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tasdiqlagandan keyin yuz berdi.
“Sud 15 noyabrda o‘tgan Moldova prezidenti saylovlari natijalarini va Mayya Sandu xonimning Moldova Respublikasi prezidenti etib saylanganini tasdiqladi. Sudning ushbu qarori yakuniy hisoblanadi va u bo‘yicha hech qanday yo‘sinda shikoyat qilib bo‘lmaydi. Qaror qabul qilinganidan boshlab kuchga kiradi”, deyilgan sud qarorida.
Sudning ma'lum qilishicha, ovozlarning qayta hisoblanishida saylov kodeksi buzilishi holatlari aniqlanmagan.
Konstitutsiyaviy sudning ushbu qaroridan keyin amaldagi prezident Igor Dodon saylovlar bo‘yicha raqibi bo‘lgan Mayya Sanduga tabrik yo‘llagan.
Sanduning inauguratsiyasi 24 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Moldova Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Sandu saylovlarning 2-bosqichida 57,74 foiz, Dodon esa 42,26 foiz ovoz to‘plagan.
Avvalroq Sandu Dodonni hokimiyatni egallab olishga urinishda ayblagandi. Uning ta'kidlashicha, saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan amaldagi prezident bo‘lg‘usi prezidentning vakolatlarini qisqartirib, hokimiyatni egallab olishga uringan.
Mavzuga oid
13:49 / 18.11.2024
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
00:09 / 13.11.2024
Moldova hududidan yana bir dron topildi
23:38 / 10.11.2024
Rossiya tomonidan uchirilgan ikkita dron Moldova hududiga qulab tushdi
21:13 / 05.11.2024