Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat vazirligi Yaponiyada ishlashni istovchi fuqarolar uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyaga ishlash uchun borishni istovchi fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Qisqa anketani to‘ldirish uzog‘i 5 daqiqa vaqt talab qiladi. So‘rovnoma ushbu havoladagi manzilda joylashgan.
So‘rovnomada 2020 yil 28 dekabrga qadar ishtirok etish mumkin. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma'lum qildi.
So‘rov o‘tkazishdan maqsad – Yaponiyada ishlash istagini bildirgan fuqarolarning dastlabki malakalari, soni, til bilish darajasi, yoshi va geografik joylashuvi haqida ma'lumot to‘plashdir.
So‘rov natijalari Yaponiya tomoniga taqdim etiladi va natijalar tahlili «Yapon tili va kasbiy malaka test markazi»ning Telegram-kanalida e'lon qilinadi.
Yaponiyaga ishga tayyorlanish kurslari haqida +998712076900 va +998900112882 telefon raqamlari orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.
Shuningdek, savollar uchun Telegram'da @monocenter_fis_bot boti ochilgan.
Avvalroq, Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi bazasida «Yapon tili va kasbiy malaka test markazi» tashkil etilgan edi.
Markaz fuqarolarni Yaponiyada «Maxsus malakali ishchilar» maqomida ishlash uchun professional tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda fuqarolar «Yapon tili va kasbiy malaka testi markazi»da (Tokutey Ginou markazi) Yaponiyada mehnat migrantlari ishlashi mumkin bo‘lgan 14 soha orasidagi 2 yo‘nalish bo‘yicha daraja sertifikatini olish uchun yapon mutaxassislari tomonidan o‘qitilmoqda va 2021 yilda test sinovlari o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, ushbu choralar bilan prezidentning 2019 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2020 yil 15 sentyabrdagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025