Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Yevroittifoq Gretsiya va Kipr ta'siridan qutulishi kerakligini aytdi
Avvalroq YeI mamlakatlari O‘rta yer dengizining bahsli hududlaridagi gaz konlarida razvedka ishlari olib borgani uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga kelishib olgandi.
Turkiya va Yevropa ittifoqi munosabatlari kelajagiga ikkita davlatning fikri bilan chek qo‘yish xato yondashuv, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining fikricha, Yevroittifoq Gretsiya va Kiprning grek jamiyati ta'siridan qutulishi lozim.
«Turkiyani chetlashtirish, izolyatsiya qilish va ayniqsa, jazolashga urinish hech narsa keltirmaydi. Anqara o‘z huquqi va milliy manfaatlarini himoya qilmoqda. YeIning pozitsiyasidan qat'i nazar, Turkiya mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka hissasini qo‘shishda davom etadi», - dedi Erdo‘g‘an.
Avvalroq YeI mamlakatlari Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga kelishib olgandi.
Sanksiyalar O‘rta yer dengizining bahsli hududlaridagi gaz konlarida razvedka ishlarini rejalashtirish va o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar hamda kompaniyalarga qarshi kiritiladi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025