Jahon | 09:29 / 14.12.2020
43511
2 daqiqa o‘qiladi

14 dekabrda quyoshning to‘liq tutilishi kuzatiladi 

Foto: iStock

14 dekabrda quyoshning to‘liq tutilishi yuz beradi. Bunda Yer, Oy va Quyosh bir chiziqqa turadi va Oy Quyoshni to‘liq to‘sib qo‘yadi hamda uning atrofida “quyosh toji”ni ko‘rish mumkin bo‘ladi.    

Oy Quyoshni Toshkent vaqti bilan 19:32dan boshlab Tinch okeanining markaziy qismi ustida to‘sa boshlaydi. Quyosh tutilishining maksimal fazasini soat 21:13da kuzatish mumkin bo‘ladi va u 2 daqiqadan ko‘proq davom etadi.  

To‘liq tutilishda olovli halqani eslatuvchi “quyosh toji”ni, Quyosh yaqinida joylashgan yulduzlar va sayyoralarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Astronomlarning ma'lumotlariga ko‘ra, quyoshning to‘liq tutilishini Chili va Argentina aholisi yaqqol kuzatadi, Janubiy Amerika, Polineziya, Antarktida va Afrikada esa uning qisman tutilishini ko‘rish mumkin.

Dunyoning qolgan aholisi esa ushbu astronomik hodisani internet orqali onlayn tarzda kuzatishlari mumkin bo‘ladi. 

Keyingi quyosh tutilishi 2021 yilning 10 iyunida yuz beradi va u uzuksimon ko‘rinishda bo‘ladi.

Oy va quyosh tutilishi har yarim yilda 2 haftalik farq bilan kuzatiladi. Bunda Quyosh, Oy va Yer osmonda bir chiziqqa turadi. Agar Quyosh va Yer orasida Oy tursa, quyosh tutilishi, Quyosh va Oy orasida Yer tursa, oy tutilishi kuzatiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid