Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti koronavirusga qarshi emlanmoqchi emasligini aytdi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru koronavirusga qarshi emlanmoqchi emas. Siyosatchi bu haqda Band telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Men emlanmayman va nuqta. Mening hayotim xavf ostidami? Bu mening muammom”, deb aytgan Braziliya prezidenti. Uning ta'kidlashicha, emlash ixtiyoriy tarzda o‘tkazilishi kerak.
Bundan tashqari, Braziliya yetakchisi koronavirusga qarshi vosita sifatida himoya niqoblarining samaradorligiga shubha bildirgan.
Iyul boshida Bolsonaru koronavirusga chalinganini ma'lum qilgan. Bir haftadan keyin u sog‘aygani va ishga qaytishini e'lon qilgan.
Sentyabrda Braziliya rahbari pandemiya sharoitida o‘zini yakkalashni faqat “nimjon”lar tanlanishi aytgan.
Avvalroq Braziliyada dekabrda koronavirusga qarshi emlash boshlanishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Biroq gap Pfizer vaksinasining cheklangan miqdorda qo‘llanishi haqida bormoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Braziliyada infeksiyadan 6,9 mlnta kasallanish holati, 182,8 mingta o‘lim holati qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025