Fan-texnika | 18:58 / 16.12.2020
11878
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram’da global nosozlik yuz berdi. Messenjer O‘zbekistonda ham ishlamay qoldi

Telegram faoliyatida butun dunyo bo‘yicha nosozlik yuz berdi. Buni Downdetector servisi ma'lumotlari tasdiqlamoqda.

Toshkent vaqti bilan soat 18:15da messenjer ishlashidagi uzilishlar boshlandi. Bunday muammolar haqida Rossiya, Belarus, Ukraina, Yaqin Sharq mamlakatlari va Yevropadagi foydalanuvchilar ham boshqa tarmoqlarda xabar berishgan. Foydalanuvchilarning aksar qismi messenjerga umuman ulana olmagan, bir qismi esa xabarlar yubora olmay qolishganidan shikoyat qilishgan.

Telegram o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar berib, foydalanuvchilardan uzr so‘radi hamda muammoni bartaraf etish ustida ish ketayotganligini ma'lum qildi.

O‘zbekistonda soat 18:49dan boshlab messenjer faoliyati tiklandi.

16 dekabr tongida ham foydalanuvchilar Telegramdan foydalanishda muammolar kuzatilayotgani haqida xabar berishgan, ammo nosozlik tezda bartaraf etilgandi.

Mavzuga oid