Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri bir necha kishilik ziyofatda qatnashganligi uchun xalqdan uzr so‘radi
Hukumat avvalroq mamlakat aholisini kasallikka chalinishning oldini olish maqsadida turli tadbir va ziyofatlar o‘tkazmaslikka chaqirgandi.
Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga 14 dekabr kuni sakkiz kishi ishtirokidagi ziyofatda qatnashganligi uchun xalqdan uzr so‘radi.
"Ishtirokchilar orasida yetarlicha masofa saqlangan bo‘lsa-da, bu voqea aholi orasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgani uchun chuqur taassufdaman", - dedi Suga koronavirus pandemiyasi sharoitida shunday tadbirlarga o‘rin bormi degan savolga javoban.
Kyodo agentligining yozishicha, hukumat avvalroq mamlakat aholisini kasallikka chalinishning oldini olish maqsadida turli tadbir va ziyofatlar o‘tkazmaslikka chaqirgandi.
Yaponiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat noyabr boshlarida yomonlasha boshladi. Kasallik yuqtirganlar soni 185,4 mingdan oshdi, 2,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025