Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada dekabr oxirida koronavirusga qarshi emlash boshlanadi
Germaniyada 27 dekabrdan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadi. Bu haqda N-TV telekanali xabar berdi.
Avvalroq Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan federal yerlarga BioNTech kompaniyasi vaksinasi ma'qullanishi kutilayotgani va shundan keyin u joylarga yetkazila boshlanishini ma'lum qilgan.
Shpan emlashni qariyalar uyidan boshlash maqsadga muvofiqligini aytgan.
Yevropaning dori vositalari bo‘yicha agentligi BioNTech va Pfizer kompaniyalari vaksinasini qo‘llashga 21 dekabrda ruxsat berishi kutilmoqda. Bu rejalashtirilgandan 8 kun avval yuz beradi.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel aholini emlash muvaffaqiyatli o‘tsa, Germaniya 2021 yil kuzigacha normal hayotga qayta olishini aytgan.
16 dekabrdan Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli qat'iy cheklovlar kiritildi. Lokdaun 10 yanvargacha davom etadi. Bu vaqt ichida oziq-ovqat do‘konlaridan boshqa do‘konlar yopiladi, maktablarda masofadan o‘qishga o‘tiladi, bolalar bog‘chalari ishlamaydi.
Rojdestvo nishonlanishi kunlari – 24-26 dekabrda 5 kishidan ko‘proq bo‘lmagan holda uchrashishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025