Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Konstitutsion sudi sudyalarini xalqaro qidiruvga berdi
Ish bo‘yicha tegishli hujjatlar Interpolga berish uchun milliy politsiyaning xalqaro hamkorlik departamentiga jo‘natilgan.
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya Konstitutsion sudi sudyalarini xalqaro qidiruvga berdi. Ular Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz qilishda gumon qilinmoqda.
Kiyevning Shevchenko rayoni sudi tomonidan qayd etilishicha, UXX bosh tergov boshqarmasi 2018 yil martdan buyon surishtiruv olib bormoqda. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yil martda Rossiya Konstitutsion sudi sudyalari o‘z harakatlari bilan Qrimning Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi jarayonini qonuniylashtirishgan.
Jumladan, aynan Konstitutsion sud 19 martda Qrim va Sevastopolning Rossiyaga "qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnoma"ni ma'qullagan.
Rossiya bosh prokuraturasiga ushbu ish yuzasidan xalqaro-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha so‘rov yuborilgan, ammo so‘rov javobsiz qoldirilgan.
UXX tergovchisining 27 noyabrdagi qarori bilan gumonlanuvchilar xalqaro qidiruvga berilgan. Ish bo‘yicha tegishli hujjatlar Interpolga berish uchun milliy politsiyaning xalqaro hamkorlik departamentiga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Konstitutsion sudi 2014 yil martda Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomani qonuniy deb tan olgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025