Ortiqxo‘jayev Toshkentda yuzlab ko‘p qavatli uylar qurilayotganiga qaramasdan ularning narxi nima uchun pasaymayotganligiga izoh berdi
Bugun, 19 dekabr kuni poytaxt hokimligida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtda yuzlab ko‘p qavatli yangi uylar qurilayotganiga qaramasdan uylarning narxi nega pasaymayotganiga izoh berdi.
«Ko‘pchilik norozi bo‘ladi, hamma yoq qurilish, qum va chang bo‘lib ketdi, deb. Agar bugungacha shaharda ommaviy qurilishlarni qilmaganimizda bugungi narxlar ham bo‘lmasdi. Biz 2-3 yil avval yaqin orada uylarning narxi 1 kvadrat metrga 1,5 million so‘mdan kam bo‘lmasligini taxmin qilganmiz. Xabaringiz bo‘lsa, shaharda uylarni 2-3 ta kompaniya qurardi. Uylarni sotish ofislari bo‘lmas edi, qanaqadir tanish topishingiz kerak edi. Qaysidir ofislarga chiqardingiz, tortmani ochardi… 50 foizini qo‘ying, bitganda olasiz derdi.
Hozir esa borasiz, qaysi tarafdan tanlaysiz, quyoshga qaragan bo‘lsinmi, qaysi qavatdan bo‘lsin deydi. Kataloglarini ko‘rib tanlaysiz. Hozir 10 foizini to‘laysiz, hatto 3 yil ichida bo‘lib to‘lab borasiz degan narsalar ham paydo bo‘ldi», - deydi Ortiqxo‘jayev.
«Aytmoqchimanki, qurilishni o‘z vaqtida jadallashtirganimiz uchun shu narxlar bor. Agar qurilishni to‘xtatib qo‘ysak, Toshkent shahrida «propiska rejimi» bekor qilingani hisobiga ham narxlarning keskin oshishi, uylar yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun biz bugun tezda katta-katta loyihalarni qilishga majbur bo‘lmoqdamiz. Uylar qimmatlashgani sari kamroq daromadli oilalarning uy sotib olish darajasi keskin kamayib ketadi”, - qo‘shimcha qildi hokim.
Ortiqxo‘jayevning ma'lumot berishicha, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2020 yilda Toshkent shahrida jami 8 ming 444 ta xonadondan iborat 125 ta ko‘p qavatli uylar qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
10:15 / 23.11.2024