O‘zbekiston | 08:20 / 21.12.2020
18505
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Avazxon Ergashev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Avazxon Ergashev tayinlovga qadar Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 

U yangi lavozimda yaqinda Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Komiljon Sobirov o‘rnida ish boshlaydi.

Avvalroq, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 2006 yildan buyon hokim lavozimida ishlab kelgan Avazxon Ergashev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlashi kutilayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid