Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivan Safronov ishi bo‘yicha Putinning aytganlarini rad etuvchi ma'lumotlar tarqaldi
Iyul oyida davlatga xiyonat ayblovi bilan qo‘lga olingan rossiyalik jurnalist Ivan Safronov ishi bo‘yicha yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi. 17 dekabr kuni o‘tkazilgan jonli muloqotda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Safronovning qo‘lga olinishi «Roskosmos»dagi faoliyati bilan bog‘liq ekanini aytgandi.
O‘z vaqtida Safronov faoliyat olib borgan «Vedemosti» muxbirlari tergov xulosasi bilan tanishishga muvaffaq bo‘lgan va unda Putin aytganidek Safronovning «Roskosmos»dagi faoliyati bilan bog‘liq hech narsa bo‘lmagan. Safronov harbiy va kosmik sohani keng yoritgani uchun «Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozinning axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi. Bu lavozimda ikki oy ishlagan jurnalist davlatga xiyonatda ayblanib, qo‘lga olingandi.
Keyinchalik Safronov Chexiya razvedkasi bilan hamkorlik qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Ayblovga ko‘ra, Safronov «Kommersant'» gazetasida ishlagan vaqtida chex razvedkasi bilan hamkorlik qilishni boshlagan va ularga Rossiyaning Afrika mamlakatlari bilan harbiy hamkorligi haqida ma'lumotlar berib turgan. Shuningdek, Safronov Rossiya qurolli kuchlarining Yaqin Sharqdagi harakatlari haqida xorij razvedkasiga xabar berib borgani aytilgan. Biroq tergov davomida Putin aytgan Safronovning «Roskosmos»dagi faoliyati bilan bog‘liq ayblov ilgari surilmagan.
Mavzuga oid
08:16 / 17.05.2025
Pistorius: Putin Ukrainadagi urush tugashini xohlamaydi
22:09 / 14.02.2025
Bloomberg: Putin Ukraina bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarga «og‘ir vaznlilar jamoasi»ni jalb etadi
12:30 / 02.08.2024
Putin Krasikovni qaytarib oldi. Germaniyada umrbodga qamalgan FXX xodimi qanday jinoyat sodir etgandi?
11:50 / 03.01.2024