Fan-texnika | 21:26 / 22.12.2020
7229
1 daqiqa o‘qiladi

SsangYong Motor o‘zini bankrot deb e'lon qildi

Avtokonsern koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy oqibatlar sababli moliyaviy muammolarga duch kelgan.

Foto: Getty Images

Janubiy Koreyaning SsangYong kompaniyasi bankrot bo‘lgani to‘g‘risida sudga ariza berdi. Avtogigantning muddati o‘tib ketgan qarzdorligi 315,3 milliard vonga (285 million dollar) yetadi, deb yozmoqda The Korea Times.

Avtokonsern koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy oqibatlar sababli moliyaviy muammolarga duch kelgan.

Korporatsiyaning qarzdorligi uning kapitali 42 foizini tashkil etadi. U xorijlik investorlardan 100 milliard von (90 million dollar) miqdorida qarzdor. Janubiy koreyalik kreditorlar va Koreya taraqqiyot banki oldidagi qarzdorligi esa 215 milliard vonga (194 million dollar) yetgan.

"SsangYong Motor bankrotlik jarayonini boshlash uchun ariza berdi, chunki xorij banklari oldidagi qarzdorlikni so‘ndirish muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati yo‘qligi sababli kompaniya ishida sezilarli muammolar paydo bo‘ladi", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Mavzuga oid