Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bankrotlik to‘g‘risida arizalar berish soni keskin oshdi
Mutaxassislar bildirishnomalar sonining ko‘payishini bankrotlik to‘g‘risidagi moratoriyning bekor qilingani bilan bog‘lashmoqda. Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkich o‘sishining asosiy sababi iqtisodiy vaziyat yomonlashishi bo‘ladi, deb hisoblanyapti.
Rossiyada kreditorlar tomonidan qarzdorni bankrot qilish niyati haqida xabarlar soni keskin oshdi – joriy yilning oktyabr oyida u 2021 yilning oktyabriga nisbatan 2,4 baravarga, noyabr oyida esa 2021 yilning noyabriga nisbatan 42 foizga ko‘tarildi. Bu haqda 5 dekabr kuni «Kommersant» gazetasi bankrotlik to‘g‘risidagi bildirishnomalar statistikasiga tayanib xabar berdi. Mutaxassislar yuzaga kelgan vaziyatni bankrotlikka moratoriyning bekor qilinishi bilan bog‘lashyapti, ammo yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkich o‘sishining asosiy sababi iqtisodiy vaziyat yomonlashishi va ruslar xarid qobiliyatining pasayishi bo‘ladi, deb hisoblanyapti.
Bankrotlik to‘g‘risidagi xabar - bu qarz oluvchi bankrotlik to‘g‘risida ariza berishdan oldin qarz beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan zaruriy huquqiy protsedura. Rossiyada 1 apreldan 1 oktyabrgacha yuridik shaxslarning bankrotligiga moratoriy joriy etildi, shuning uchun kreditorlar uzoq vaqt davomida qarz oluvchilarni bankrot qilish imkoniyatiga ega emas edi. Moratoriy bekor qilinishi bilan keskin o‘sish qayd etildi: bildirishnomalar soni 2021 yil oktyabrdagi 2306 tadan joriy yilda 5953 taga ko‘paydi.
«Moratoriyning bekor qilinishi rejalar haqidagi bildirishnomalar oqimining keskin o‘sishiga olib keldi va kelajakda bankrotliklarning xuddi shunday ortishiga olib keladi», dedi Delcredere advokatlar assotsiatsiyasi a’zosi Sergey Savosko.
Shu bilan birga, noyabr oyida ko‘rsatkich keskin o‘sishda davom etdi, garchi to‘xtatilgan talabning ta’siri sezilarli darajada kamayishi kerak edi. Oy oxirida 3327 ta bildirishnoma qayd etildi (yillik hisobda +42 foiz). Mutaxassislar buni bekor qilingan moratoriyning ta’siri bilan emas, balki tadbirkorlar uchun muammolar ortishi bilan izohladi. Yuristlar fikricha, bildirishnomalar soni yil boshida o‘sishni boshlagan: yanvar-mart oylarida ularning soni jami 6,4 foizga oshgan, shuning uchun bu ko‘rsatkichlar biznesdagi uzoq muddatli pasayish tendensiyasini bildirishi mumkin.
«Mamlakat va dunyodagi iqtisodiy vaziyatning murakkablashishi, sanksiyalar va cheklovlar joriy etilishi bilan biznes tuzilmasi o‘zgarmoqda, xarid qobiliyati pasaymoqda, kompaniyalar yangi imkoniyatlar va sotish bozorlarini izlashga majbur bo‘lmoqda. Ammo, hamma ham bunga qodir emas, hamma ham qayta tashkil etishni uddalay olmayapti», deb tushuntirdi MEF Legal kompaniyasining tijorat nizolari amaliyoti bo‘yicha sherigi Rimma Malinskaya.
Mutaxassislar yaqin kelajakda bankrotlik to‘g‘risidagi xabarlar sonining tubdan kamayishini kutmayapti. Ularning prognozlariga ko‘ra, o‘sish tendensiyasi yaqin kelajakda davom etadi va kelgusi yil o‘rtalariga qadar yoki iqtisodiy sharoitlarning keskin yaxshilanishi fonida to‘xtaydi. Shu bilan birga, ekspertlar qayd etishicha, salbiy statistik ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’yektlariga kredit berishni soddalashtirish yoki bankrotlikka yangi moratoriy joriy etish orqali «tuzatish» mumkin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025