Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Code.org platformasi o‘zbek tilida ham ishlay boshladi
Dunyoga mashhur Code.org platformasi IT Park bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. O‘zaro hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bolalar uchun IT dunyosi imkoniyat eshigini ochish.
2020 yilning 17 dekabr kuni One Million Uzbek Coders bir yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirda Dubai Future Foundation (BAA) direktori o‘rinbosari Abdulaziz Al-Jaziri Code.org saytidagi yangilanish haqida so‘zladi. Unga ko‘ra, endi maktab o‘quvchilari ham o‘quv jarayonida qatnashishi va kasbni egallashi mumkin. Buning barchasi IT Park, Code.org va Dubai Future Foundation hamkorligi samarasidir.
Code.org’ning xalqaro hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti Leonardo Ortiz Villakorta o‘z videomurojaatida platforma maktab o‘quvchilarining kreativlik, muammoni yechish va boshqa ko‘nikmalarini oshirish maqsadida One Million Uzbek Coders loyihasida faol qatnashishini ma'lum qildi.
Code.org’ning asosiy yangilanishlaridan biri – bu platforma endi o‘zbek tilida ham ishlaydi. Bu o‘sib kelayotgan avlod IT dunyosini o‘rganishda hech qanday til to‘siqlariga duch kelmasligini anglatadi.
Code.org – bu maktablarda kompyuter fanini o‘rganishni kengaytirishga qaratilgan notijorat tashkilot. Platformada 1 700 000dan ortiq o‘qituvchi va 53 000 000dan ortiq o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. O‘tgan yil kurslarning 70 000dan ortiq bitiruvchisi ish olgan.
Mavzuga oid
21:15 / 04.11.2023
IT Park rezidentlarining eksporti hajmi 3 barobarga ko‘paydi
19:53 / 07.09.2023
IT Park 236 ta kompaniyani rezidentlik maqomidan mahrum qildi
18:49 / 27.07.2023
Birinchi yarim yillikda IT Park rezidentlarining eksporti hajmi 145,3 mln dollarni tashkil etdi
21:10 / 14.10.2022