Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston 1,2 mln doza koronavirusga qarshi vaksina sotib oladi
Qirg‘izistonda shu tarzda aholining 20 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlanadi.
Qirg‘iziston 1,2 mln doza koronavirusga qarshi vaksina olishga ariza berdi, deb xabar qildi "Kabar" axborot agentligi.
Xabarda aytilishicha, bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Elvira Surabaldiyeva ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda shu tarzda aholining 20 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlanadi.
Surabaldiyeva shuningdek, tibbiyot qurilmalaridan belgilangan qoidalar bo‘yicha foydalanish yuzasidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini aytdi.
"Uzoq xorijdagi mamlakatlarning biridagi shifoxonada kislorod qurilmasi portlashi kabi favqulodda hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rishimiz shart. Tibbiyot xodimlariga yo‘riqnoma berish bo‘yicha har bir rahbarga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi", - dedi u.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 79,9 mingga yaqinlashgan, 1,3 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025