Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni internetda tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Foto: Lindsey Wasson / Reuters
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda pornografik mahsulotni hamda zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi. Ilgari ushbu mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan edi.
Shuningdek, og‘irlashtiruvchi holatlarda tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilindi.
Endilikda:
- tuhmat jinoyatini sodir etganlik uchun (139-modda, 3-qism) bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha (111 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarimadan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan);
- haqorat qilish jinoyatini sodir etganlik uchun (140-modda, 3-qism) bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravarigacha (133 mln 800 ming so‘m) miqdorda jarimadan 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilandi (ilgari 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan).
Avvalroq, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi

13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

16:56 / 27.03.2025