Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan Toshkentda imtiyozli transport kartalari bepul bo‘ladi, faqat tarif uchun pul to‘lanadi
Toshkent shahri jamoat transportidan foydalanish uchun "ATTO" operatori tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli (talaba, ijtimoiy, o‘quvchi) transport kartalarini 2021 yil 1 yanvardan boshlab poytaxtdagi 70ta oylik yo‘l chiptalari sotish shoxobchalaridan sotib olish mumkin bo‘ladi.
“Toshshahartransxizmat” xabarida aytilishicha, imtiyozli transport kartalari bepul bo‘lib, faqat kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda, fuqaro o‘zi tanlagan tarif uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak.
Yanvar oyidan sotuvga chiqariladigan elektron oylik yo‘l chiptalari, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, 2021 yil yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tariflar bilan taqdim etiladi.
Bundan oldin, Toshkentda yagona transport kartasi pullik bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025