Jahon | 19:34 / 30.12.2020
6909
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Ukrainaning Boeing samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning oilalariga 150 ming dollardan tovon puli beradi

“Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti 8 yanvar tongida Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilgach ko‘p o‘tmay urib tushirilgan edi. Fojia 176 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Foto: REUTERS/Nazanin Tabatabaee/WANA

Eron hukumati Ukrainaning Boeing 737 samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning oilalariga 150 ming dollardan tovon puli to‘laydi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.

 Ta'kidlanishicha, mablag‘lar millati, fuqaroligi yoki jinsidan qat'iy nazar, teng taqsimlanadi.

“Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti 8 yanvar tongida Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilgach ko‘p o‘tmay urib tushirilgan edi. Fojia 176 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Qurbonlar orasida Eron, Ukraina, Kanada, Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari hamda ekipajning 9 a'zosi bo‘lgan. Eron samolyot harbiylar buyrug‘i bilan emas, balki xatolik tufayli urib tushirilganini tan olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid