Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya sharoitida Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha:
COVID-19 virusi pandemiyasi bo‘yicha ko‘rilgan karantin chora-tadbirlari sababli 2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshirilmaganligi natijasida joriy yilning sentyabr-dekabr oylari davomida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalari kamaygan;
Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida davlat fuqarolik xizmatchilari va boshqa toifa boshqaruv kadrlari hamda xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Akademiya va Moliya vazirligining Akademiya professor-o‘qituvchilarining respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi faol ishtirokini inobatga olib istisno tariqasida:
2021/2022 o‘quv yiliga qadar Akademiyada 2019/2020 o‘quv yilida shakllangan 49 nafar professor-o‘qituvchi shtat birliklarini saqlab qolish;
ularning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni:
a) 2020 yil yakuniga qadar Akademiyaning 2020 yil uchun tasdiqlangan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirish;
b) 2021/2022 o‘quv yiliga qadar esa 2021 yilda Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Akademiya professor-o‘qituvchilarining 2020 yil sentyabr-dekabr oylarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar Akademiyaning 2020 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lanishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
16:14 / 13.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
10:41 / 13.03.2025