Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada Pfizer vaksinasining nojo‘ya ta'siri bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi
Yevropa dori vositalari agentligi o‘tgan yilning 21 dekabrida Pfizer/BioNTech vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergach, 27 dekabrda Finlandiyada birinchi bo‘lib shifokorlar emlandi.
Finlandiyaning farmatsevtika sohasidagi xavfsizlik va taraqqiyot agentligiga (Fimea) koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta'siri to‘g‘risidagi dastlabki ariza kelib tushdi. Fimea bosh shifokori Mayya Kaukonenning so‘zlariga ko‘ra, ariza mazmuni hozircha oshkor qilinmaydi.
"Vaksinaning nojo‘ya ta'siri bilan bog‘liq kamida beshta ariza tushsagina qanday nojo‘ya ta'sirlar kuzatilgani haqida ma'lumot beramiz", - dedi Kaukonen.
Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) o‘tgan yilning 21 dekabrida Pfizer/BioNTech vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergach, 27 dekabrda Finlandiyada birinchi bo‘lib shifokorlar emlandi.
Hozirda Helsinki, Turku, Tampere, Kuopio va Oulu okruglaridagi shifokorlarga vaksinalar yetkazib berilgan.
Pfizer kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina 1 yanvar kuni JSSTdan rasman ruxsatnoma oldi. Hozirda Pfizer'ga taqdim etilgan ruxsatnoma favqulodda hisoblanadi va keyinchalik to‘liq o‘rganishlar yakunlangach, ruxsatnoma doimiy foydalanish uchun berilishi mumkin.
Bu vaksinani AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu, Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon kabi dunyo yetakchilari qabul qilgan. Bugungacha dunyo bo‘ylab o‘n millionlab odamlar Pfizer vaksinasi bilan emlanib ulgurdi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
23:23 / 14.04.2025
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
12:22 / 05.03.2025