Samarqand viloyatidagi «Jartepa» chegara bojxona posti eksport-import yuklari harakati uchun ochildi
Samarqand viloyatining Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Urgut tumanida joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti eksport-import tartibidagi yuklarni o‘tkazish uchun ochildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur bojxona posti orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchi mashinalar harakatlanishi belgilangan. Endilikda Samarqand viloyati hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari mazkur post orqali o‘z tovarlarini qo‘shni davlatga bemalol eksport qilishlari yoki tovarlar importini amalga oshirishlari mumkin.
Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi, «Jartepa» posti orqali jismoniy shaxslarning harakatlanishiga ruxsat berilganida bu haqida qo‘shimcha xabar berilishini ma'lum qildi.
Ma'lumot o‘rnida, «Jartepa» chegara bojxona posti koronavirus pandemiyasi tarqalishi ortidan respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 aprel kuni qabul qilgan 20-sonli yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra yopilgan edi.
O‘tgan davr mobaynida Tojikistonga faqat Toshkent viloyatidagi «Oybek», Surxondaryo viloyatidagi «Sariosiyo» va Sirdaryo viloyatida «Plotina» chegara bojxona posti orqali eksport-import tartibidagi yuklar o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025