Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda barcha hokimlar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
Qashqadaryoda viloyat hokimi va uning barcha o‘rinbosarlari, shahar va tuman hokimlari kecha, 7 yanvar kuni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shavkat Mamadiyev Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Shavkat Mamadiyevning ma'lumot berishicha, Qashqadaryodagi barcha hokimlarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Prezident Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot boshqarmasi topshirig‘iga asosan amalga oshirilgan. Tibbiy ko‘rik viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi poliklinikasida o‘tkazilgan.

«Rahbarlar doimiy ish jarayonida bo‘ladi, turli odamlar va aholi bilan muloqotda bo‘ladi. Ularning sog‘lom bo‘lishi juda muhim. Shu sababli, avvalo ularning o‘zi shaxsiy namuna ko‘rsatib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va sog‘lomligiga ishonch hosil qilishi lozim. Joriy yilda Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligiga alohida e'tibor qaratiladi. Birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hokimlar bilan boshlanib, so‘ng aholining barcha qatlamini qamrab oladi», — deydi Shavkat Mamadiyev.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
17:26 / 14.04.2025
Oq uy Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi
16:04 / 26.03.2025