Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI BioNTech/Pfizer bilan yana 300 mln doza vaksina sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi
Qo‘shimcha vaksina yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishiga Germaniya va boshqa mamlakatlarning aholi uchun vaksina yetmasligi mavzusi bot-bot ko‘tarilganidan so‘ng erishildi.
Yevroittifoq BioNTech va Pfizer kompaniyalari bilan koronavirusga qarshi qo‘shimcha 300 mln doza vaksina sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma'lum qildi.
Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, 75 mln doza vaksina 2021 yilning ikkinchi choragida yetkazib beriladi.
Qo‘shimcha vaksina yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishiga Germaniya va boshqa mamlakatlarning aholi uchun vaksina yetmasligi mavzusi bot-bot ko‘tarilganidan so‘ng erishildi.
Fon der Lyayyenning ta'kidlashicha, vaksina YeIga a'zo mamlakatlar hukumatlarining roziligidan so‘ng yetkazib beriladi.
2020 yil dekabrda YeI BioNTech/Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi.
6 yanvar kuni YeI Moderna kompaniyasi vaksinasidan ham foydalanishga ruxsat berdi. Yevrokomissiya ushbu kompaniya bilan 160 mln doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
2020 yil noyabrda Yevrokomissiya BioNTech va Pfizer kompaniyalari bilan 200 mln doza vaksina yetkazib berish hamda qo‘shimcha 100 mln doza vaksina sotib olish ehtimoli bilan shartnoma imzolagandi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025