O‘zbekiston | 18:23 / 09.01.2021
5895
2 daqiqa o‘qiladi

Agentlik noqonuniy spirt ishlab chiqarish haqida ma'lumot berdi

Foto: RIA Novosti

"Smart medical pharm” hamda “BILLUR MEDICAL TRADE” MChJ “Etilovyy spirt 70%” hamda “Menovazin” mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqargan. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma'lumotlarida bu litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari ekanligi haqida ogohlantirgan.

Agentlik fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarda “Smart medical pharm” hamda “BILLUR MEDICAL TRADE” MChJlar tomonidan ishlab chiqarilgan “Etilovyy spirt 70% 50 ml” hamda “Menovazin” mahsulotlari sifatidan norozi ekanligi bildirilgan.

“Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Smart medical pharm” hamda “BILLUR MEDICAL TRADE” MChJlar dori vositalarini ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan lisenziatlar reyestrida mavjud emasligi hamda ushbu korxonalar tomonidan “Etilovyy spirt 70%” hamda “Menovazin” mahsulotlari noqonuniy yo‘llar bilan ishlab chiqarilganligini Respublika hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalar e'tiboriga yetkazib, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslikliklari, ushbu holatlar litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari ekanligi haqida ogohlantiradi”, – deyiladi agentlik matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Mavzuga oid