O‘zbekiston | 10:57 / 09.01.2021
18434
2 daqiqa o‘qiladi

Karkas usulida barpo qilinayotgan ko‘p qavatli uylar qanchalik xavfsiz? Vazir o‘rinbosari izoh berdi

Karkas uslubida barpo qilinayotgan ko‘p qavatli turar joylar monolit usulda qurilayotgani uchun baquvvat hisoblanadi. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Kun.uz muxbiri savoliga javoban shunday bayonot berdi. 

Sherzod Hidoyatov

-  Respublikada ko‘p qavatli turar joylarni qurish avjida. So‘nggi vaqtlarda kuzatayotganim ko‘p qavatli uylar karkas usulda barpo qilinmoqda. Ya'ni, ustunlar avval barpo qilinib, so‘ngra devorlari qurilmoqda. Bu uylarning xavfsizlik darajasi o‘rganib chiqilganmi?

«Qurilish me'yorlari bor. Qurilish vazirligi nazorat asosida tekshirganida seysmik va yong‘in xavfsizligini birinchi navbatda o‘rganadi. Konstruktiv jarayonga doir me'yorlarning bir necha turi bor. Siz aytayotgan karkasli uylar monolit tizim bo‘lib, juda ham baquvvat hisoblanadi. Ustunlar va tom qismi bir-biriga ulangan holda quriladi hamda uni O‘zbekistonning 8 va 9 ballik seysmik xaritalari bor, shunga muvofiq loyihalashtiradi. 

So‘ngra, loyiha ekspertizadan o‘tkaziladi. Noqonuniy qurilishlarni to‘xtatish kerakligining eng asosiy sababi ham shu. Ekspertizadan o‘tkazilmasdan har qanday qurilish ishlarini olib borish qat'iyan man etiladi, chunki bunda seysmik talablarga javob bermasligi ham mumkin», - deya javob berdi Sherzod Hidoyatov.

Mavzuga oid