O‘zbekiston | 09:58 / 11.01.2021
18534
1 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi gaz «zapravka»da navbatda turgan «Damas» yonib ketdi

Joriy yilning 11 yanvar kuni soat 07:50larda, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kumidon MFY hududida joylashgan “Afsona-4” avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga kirish uchun navbatda turgan, haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobilning dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvchi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq, Namangandagi gaz “zapravka”da navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid