Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayrim ko‘chalar 31 yanvargacha yopiladi
31 yanvarga qadar Toshkent shahridagi Tolimarjon va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari bilan kesishgan harakatlanish yo‘nalishlari yopiladi. Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunga Tolimarjon va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ladi.
Tolimarjon va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan yo‘l ta'mirlash ishlari sababli 31 yanvarga qadar quyidagi harakatlanish yo‘nalishlari yopiq bo‘ladi:
- Sayxun ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga to‘g‘ri chiqish yo‘li;
- Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Sayxun ko‘chasiga to‘g‘ri tushish yo‘li;
- Tolimarjon ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga burilish — «O‘zelektroapparat» zavodidan «Farg‘ona» dehqon bozori yo‘nalishda;
- «Islom ota» masjididan «O‘zbek qog‘ozi» OAJ yo‘nalishdagi dublyor yo‘li.
Mazkur yo‘l qismida yo‘l ta'mirlash ishlari jarayonida transport oqimini taqsimlash uchun Sayxun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari oralig‘idagi qaytish yo‘l bo‘ylab ikki tomonlama harakatlanish ochiladi.


«Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanishni tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:44 / 15.02.2021
Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi uch kunga qisman yopiladi
08:36 / 25.12.2020
Toshkentda 6ta avtobusning harakatlanish yo‘nalishi o‘zgarmoqda
08:16 / 02.12.2020
Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi yil oxiriga qadar yopilmoqda
08:04 / 20.10.2020