Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda tushirilayotgan shlagbaumga e'tibor bermagan ikki haydovchi YTHga uchradi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Neksiya” va “Lasetti” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati YTH haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 10 yanvar kuni taxminan soat 17:30larda Yunusobod tumanidagi “Lokomotiv” bog‘i yonida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi, 30 yoshli E.K. kutilmagan harakat sababli 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, YTHdan oldin ikkala haydovchi ham temir yo‘l svetoforining taqiqlovchi belgisini va tushirilayotgan shlagbaumni mensimagan.
Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkala haydovchi ham hushyor bo‘lishgan. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.
Mazkur fakt asosida YHXB xodimlari tomonidan ikkala haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024