Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gemodializga muhtoj bemor bolalarga endi Samarqandda ham tibbiy yordam ko‘rsatiladi
Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida gemodialezga muhtoj bemor bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan sun'iy buyrak (gemodializ) bo‘limi tashkil etildi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun bo‘limning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan va unda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishtirok etgan.
Ma'lum bo‘lishicha, hozir viloyatda surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligi bilan 41 nafar bola «D» nazoratida turadi. Ular doimiy ravishda dializ muolajalarini olishga muhtoj hisoblanadi.

Shu paytgacha bemor bolalar gemodialez o‘tkazish uchun Toshkent shahridagi ilmiy markazlarga yuborilgan. Endi bunday turdagi bemor bolalarga viloyatning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, markaz qoshidagi gemodializ bo‘limiga 2020 yil oktyabr oyida 749 million so‘m evaziga ikkita suv nasosi, 748,5 million so‘mga 5 ta gemodialez apparati olib kelib o‘rnatilgan. Bino 75 mln so‘m mablag‘ hisobidan joriy ta'mirlangan. Bo‘limda ishlash uchun kadrlar Toshkent shahridagi «Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi ilmiy markazi»da birlamchi ixtisoslashtirishdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025