Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jahon standartlariga javob beradigan yopiq turdagi suv havzasi barpo etiladi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jahon standartlariga to‘liq javob beradigan basseynning qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur sport inshootida suzish, sinxron suzish va suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari hamda aholi vakillari shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Suv havzasi shu yil sentabr oyida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Yopiq turdagi suv havzasining 1-qavatida 50x20 o‘lchamdagi basseyn, sportchilar uchun oshxona, erkaklar va ayollar uchun sartaroshxona, 2-qavatida ma'muriyat xonalari va trenajyor zali joylashadi. 3-qavatda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari uchun 40 o‘rinli yotoqxona quriladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025