O‘zbekiston | 16:54 / 14.01.2021
2068
3 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vazirligi USAID bilan hamkorlikda yangi ta'lim standartlarini ishlab chiqadi

Foto: uz.usembassy.gov

USAID vazirlikni islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash uchun 2019 yilning dekabr oyida to‘rt yillik “O‘zbekistonda barkamollik uchun ta'lim dasturi”ning ijrosini boshladi. Dastur AQShning Research Triangle Institute (RTI) va uning hamkorlari bo‘lgan Florida davlat universiteti hamda Missisipi davlat universiteti tomonidan amalga oshiriladi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berishicha, Xalq ta'limi vazirligi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun sinflar va fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning yangi standartlarini joriy etmoqda. Har bir sinf darajasida o‘quvchilar bilimini aniq talablar asosida belgilash vazirlikka kerakli ko‘nikmalarni o‘rgatadigan o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish imkonini beradi. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotida muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan maktab bitiruvchilarini yetishtirib beradigan sifatli ta'lim tizimini yaratishning fundamental elementlaridan biridir.

Joriy yilning 14 yanvaridan 1 fevralgacha bo‘lgan davrida ta'lim sohasidagi 60dan ortiq mutaxassis Xalq ta'limi vazirligi va USAID tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda barkamollik uchun ta'lim dasturi” bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan ta'lim standartlarini taqriz qilish bo‘yicha seminarda ishtirok etadi. Seminarning maqsadi vazirlik xodimlarini ona tili va matematika fanlaridan (1-4 sinflar uchun) hamda informatika va axborot texnologiyalari fanidan (1-11 sinflar uchun) ta'lim standartlarining loyihasini taqrizga tayyorlashdan iborat.

«Ushbu seminar xodimlarimizning ona tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan ta'lim standartlari loyihalarini puxta taqriz qilish malakasini oshiradi. Aniq standartlar asosida o‘qitish va bilim olish yuqori sifatli ta'lim standartlari asosini tashkil etadi hamda o‘quvchilarning bilim olishdagi natijalarini yanada yaxshilaydi», - dedi Xalq ta'limi vazirligining Respublika ta'lim markazi direktori Shuhrat Sattorov.

Xalq ta'limi vazirligi umumiy o‘rta ta'limni tizimli va kompleks isloh qilishning ulkan dasturini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. USAID vazirlikni islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash uchun 2019 yilning dekabr oyida to‘rt yillik “O‘zbekistonda barkamollik uchun ta'lim dasturi”ning ijrosini boshladi. Dastur AQShning Research Triangle Institute (RTI) va uning hamkorlari bo‘lgan Florida davlat universiteti va Missisipi davlat universiteti tomonidan amalga oshiriladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid