Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya bilan S-400 tizimlarining ikkinchi polkini olish masalasini muhokama qilishini aytdi
11 yanvar kuni Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlari foydalanishga tayyor holga keltirilganini ma'lum qilgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara yanvar oxirida Moskva bilan S-400 zenit-raketa tizimining ikkinchi polkini olish masalasini muhokama qilishini aytdi.
"S-400 tizimining birinchi polkini yetkazib berish bo‘yicha ishlarni yakunladik, hozirda Rossiya bilan ikkinchi polk bo‘yicha muloqotimiz davom etmoqda. Yanvar oxirida bu mavzuda muzokaralar bo‘lib o‘tadi", - dedi u.
Erdo‘g‘an shuningdek, AQShning beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlari borasida Turkiyaga nisbatan yondashuvini xato deb atadi. U saylangan prezident Jozef Bayden ma'muriyati bu xatoni to‘g‘rilashiga umid bildirdi.
11 yanvar kuni Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlari foydalanishga tayyor holga keltirilganini ma'lum qilgandi.
Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda sovuqchilik tushishiga sabab bo‘lgan S-400 tizimlari Turkiyaga 2019 yil iyuldan boshlab yetkazilgandi.
Vashington Anqaraga ushbu bitimdan voz kechishni va Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari sotishni bekor qilish va sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilib, S-400 o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025