Sport | 03:04 / 15.01.2021
8609
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Superkubogi. «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi final bo‘lmaydi - «Atletik» madridliklarni mag‘lub etdi

Foto: Marca

Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarimfinalida «Atletik» B turnirning va La Liganing amaldagi chempioni «Real»ni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. 

Bilbao klubi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yinda «Barselona»ga qarshi to‘qnash keladi. Ma'lumot o‘rnida,  kataloniyaliklar yarimfinalda «Real Sosedad»dan (1:1, penaltilar seriyasi — 3:2) ustun kelishgandi. 

Ispaniya Superkubogi,  1/2 final

Real Madrid — Atletik 1:2
14 yanvar, «La Rosaleda»
Gollar: Benzema (73) — Raul Garsiya (18, 38 penalti).
Real – Kurtua, Varan (Nacho, 46), Mendi, Ramos, Vaskes, Kroos, Modrich (Valverde, 67), Azar (Vinisius Junior, 67), Kazemiro, Asensio, Benzema (Mariano, 88). 
Atletik – Unai Simon, Balensiaga (Morsilo, 79), Martines, Kapa (Lekue, 68), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 79), Vensedor (Vesga, 68), Muniain (Berenger, 71), Dani Garsiya, Nunes, Uilyams.
Ogohlantirishlar: Vaskes (37), Kapa (56), Kroos (83), Dani Garsiya (84), Unai Simon (89).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid