Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish muddati va chora-tadbirlar dasturi e'lon qilindi
Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida 88,61 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. Davlat rahbari hozircha o‘zining kelgusi prezident saylovlariga oid rejalarini e'lon qilmadi.
2021 yil uchun davlat dasturi loyihasining 19-bandida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash ko‘rsatilgan.
Dasturda:
- saylov komissiyalari a'zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda oshirish;
- xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan tegishli tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.
Chora-tadbirlar dasturini bajarish muddati sifatida 2021 yilning 21 mart sanasi belgilangan.
Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida 88,61 foiz ovoz olgan. Davlat rahbari o‘zining kelgusi prezident saylovlariga oid rejalarini hozircha e'lon qilmadi.
Mavzuga oid
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024