Jahon | 15:18 / 19.01.2021
1791
1 daqiqa o‘qiladi

Singapurda fevraldan aholini ommaviy ravishda koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha o‘nlab emlash markazlarini tashkil etadi. Ushbu maqsadda sport zallari, maktablardan foydalanish rejalashtirilgan.

Foto: Edgar Su / Reuters

Singapur hukumati fevraldan aholini ommaviy ravishda emlashni boshlaydi. Bu haqda The Straits Times gazetasi yozmoqda.

Nashrning xabariga ko‘ra, kuniga 70 mingta emlashni amalga oshirish rejalashtirilgan.

 Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha o‘nlab emlash markazlarini tashkil etadi. Ushbu maqsadda sport zallari, maktablardan foydalanish rejalashtirilgan. Dushanba kuni Changi mahalliy aeroporti terminallaridan birida emlash markazi ochildi. 

 Avvalroq koronavirus tarqalishiga qarshi guruh rejaga ko‘ra Singapur aholisining asosiy qismi yil oxirigacha emlanishini ma'lum qilgandi. 

 Singapurda Pfizer - BioNTech, Moderna va Sinovac vaksinalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda faqat Pfizer – BioNTech vaksinasi rasman ma'qullangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid