Qarshida voyaga yetmagan bolalarini muttasil qiynab kelgan ota qamoqqa olindi
Qarshi shahrida voyaga yetmagan ikki o‘g‘liga o‘ldirish bilan tahdid qilgan ota ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bolalar ijtimoiy himoyaga olingan.
Kun.uz holat yuzasidan bugun, 21 yanvar kuni xabar bergan edi. Unda Qarshi shahrining Kamandi mahallasida ota voyaga yetmagan ikki farzandini haqoratlab, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgani ma'lum qilingandi.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, viloyat prokurori Erkaboy Tojiboyev mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida voyaga yetmagan ikki bolani buvisi bilan birga viloyat prokuraturasiga taklif qilib, suhbatlashgan.
Aniqlanishicha, bolalar otasi tomonidan muttasil qiynab, urib, haqoratlab kelingan.
Holat yuzasidan shu kunning o‘zida JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni muttasil qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ota A.R. qamoqqa olindi.
«Voyaga yetmagan shaxslar ijtimoiy himoyaga olinib, tergov harakatlari yuzasidan nazorat o‘rnatildi», – deyiladi xabarda.
A.R. endilikda 360–480 soat majburiy jamoat ishlari, 2–3 yil axloq tuzatish ishlari, 2–4 yil ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan
14:03 / 11.06.2024