Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yana 300 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan so‘nggi kunlarda aniqlangan jinoyatlar bo‘yicha Kun.uz'ga ma'lumot berdi.
«Ko‘mir ta'minot» MChJning Farg‘ona viloyati filialiga qarashli Bog‘dod ko‘mir omborida mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan qayta yo‘qlamada omborning moddiy javobgar shaxslari umumiy qiymati 83 mln so‘mlik 300 tonna ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Ombor mas'ullariga nisbatan JK 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovga qadar tekshiruvni Departamentning Bog‘dod tuman bo‘limi o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan uch kun oldin Farg‘onaning Oltiariq tumanidagi omborda 807 mln so‘mlik ko‘mir talon-toroj bo‘lgani xabar qilingandi.
Dekabr oyida viloyatning Farg‘ona tumanida ko‘mir sanoatini rivojlantirishga oid hukumat qarori loyihasi e'lon qilingandi.
Toshkentda ekspluatatsiya xizmati uchun to‘langan mablag‘larni o‘zlashtirgan XUJMSh rahbarlari ustidan jinoiy ish ochildi
Aniqlanishicha, Uchtepa tumanidagi «B-K.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbarlari ko‘p qavatli turar-joy uylarining ekspluatatsiya xizmati uchun aholi tomonidan to‘langan 68,9 mln so‘mni hisob raqamiga kirim qilmasdan, talon-toroj qilgan.
«B-K.» XUJMSh rahbarlariga nisbatan JK 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovga qadar tekshiruvni Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi o‘tkazgan.
Tadbirkorning iste'mol kreditini o‘zlashtirgan bank xodimi va fuqaroning firibgarliklari fosh etildi
Ma'lum bo‘lishicha, Toshkentda fuqaro T.N. Xalq banki xodimi A.K. bilan oldindan til biriktirib, «G‘» MChJ rahbari va fuqaro G.ning ishonchiga kirib, ularning nomiga rasmiylashtirilgan 60 mln so‘m iste'mol kreditini naqdlashtirgan va o‘zlashtirgan.
A.K. va T.N.ga nisbatan JK 168-modda 3-qismi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovga qadar tekshiruvni Departamentning Olmazor tumani bo‘limi o‘tkazgan.
Uchqo‘rg‘onda qalbaki valutalar muomalasi to‘xtatildi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida fuqaro O.K. qalbaki valuta qimmatliklarini muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, tanishi B.Q.dan sotib berish uchun olgan qalbaki 8 950 AQSh dollarini xaridorga 4 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
O.K. va boshqalarga nisbatan JK 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tezkor tadbirni Departamentning Toshkent va Namangan viloyati boshqarmalari, bojxona xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025