Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
172ta davlat mulki obekti davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi
“Madaniyat va san'at sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obektlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan 172ta davlat mulki obektining ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan kelishmasdan, quyidagilarga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi:
ular tizimidagi kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, teatrlar, bolalar musiqa va san'at maktablarining ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish;
ular hududidagi yer maydonlarini mahalliy hokimliklar zaxirasiga olish.
Mazkur turdagi obektlar ularning madaniyat va san'at sohasidagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi.
Bunda tashabbuskorlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniyat va san'at sohasiga yaqin bo‘lgan:
- xizmat ko‘rsatish;
- kichik ishlab chiqarish;
- savdo faoliyati turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
16:21 / 27.03.2025
2025 yilda 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, budjetga 10 trillion so‘m tushirish vazifasi qo‘yildi
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
16:00 / 28.09.2024
Kuvayt O‘zbekistondagi DXSh loyihalarida ishtirok etishi mumkin
10:50 / 23.09.2024