O‘zbekiston | 07:58 / 23.01.2021
8975
1 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vaziri bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi

Endilikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligining «Madaniyat» gazetasi xabar qildi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov

Nashrning ma'lum qilishicha, ushbu loyiha Madaniyat vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Madaniyat vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan. 

«Bolalarni maqom kuylari bilan muntazam bahramand etish rejalashtirilgan», - deyiladi xabarda

Ta'kidlanishicha, bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me'yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid