O‘zbekiston | 13:23
2467
2 daqiqa o‘qiladi

“Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi

“Ochiq budjet” portalida ilk marta “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. 2025 yilda davlat investitsiya dasturi asosida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi fuqarolar ovozi orqali tanlab olinadi.

Foto: Kun.uz

15 oktyabr soat 10:00 da “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘cham” loyihasida ovoz berish berish jarayoni boshlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2025 yilgi davlat investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi ovoz berish orqali jamoatchilik tomonidan tanlanadi.

Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilagan ro‘yxat asosida respublika bo‘yicha 451 ta bog‘cha ovozga qo‘yilgan. Ajratilgan budjet – 397,6 mlrd so‘m.

Ovoz berish jarayoni 25 oktyabr 10:00 gacha davom etadi. Xuddi “Tashabbusli budjet” kabi, “Mening bog‘cham”da ham “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyiliga amal qilinadi.

Loyihalarga uch xil yo‘l bilan ovoz berish mumkin:

Mavzuga oid