Prezident investitsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni sanoat va logistika sohalariga oid investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Rasmiy relizga ko‘ra, loyihalardan biri – Toshkent shahrida oqartirilgan tunuka ishlab chiqarishga oid. Buning uchun 280 million yevro yo‘naltiriladi. Uning yillik quvvati 120 ming tonna bo‘lishi, 750 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Jizzax viloyatida yuqori markali sement ishlab chiqarish loyihasi ham taqdimot qilindi. 2 trillion so‘mdan ortiq qiymatdagi bu loyiha natijasida yiliga 1,3 million tonna sement tayyorlash, shundan 200 ming tonnasini eksport qilish quvvati paydo bo‘ladi.
735 milliard so‘mlik yana bir loyiha muzlatkich, sovutkich va konditsionerlar uchun germetik kompressor ishlab chiqarishga qaratilgan. Uning yillik quvvati 3 million dona bo‘lib, shundan 500 ming donasi eksportga yo‘naltirilishi, 300 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, elektron suv hisoblagichlar, temir-beton va keramika mahsulotlariga oid loyihalar ko‘rsatildi.
Toshkent shahri va viloyatlarda logistika markazlari tashkil etish loyihalariga alohida ahamiyat qaratildi. Bu markazlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat omborlarini o‘z ichiga oladi, kargo, kurerlik va elektron tijorat xizmatlari ko‘rsatadigan bo‘ladi. 5 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.
Davlat rahbari loyihalarni sifatli amalga oshirish uchun ularni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu tizimni tarmoqlar va hududlar kesimida ham tatbiq etib, investitsiya loyihalarining tayyorlanishi va bajarilishini baholab borish, quyi bo‘g‘indagi mutaxassislarga ko‘maklashish zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024