Jahon | 23:23 / 25.01.2021
5319
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin pandemiya Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yomon iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lganini aytdi

Koronavirus pandemiyasi Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yomon iqtisodiy inqirozga sabab bo‘ldi, deb aytdi Xitoy rahbari Si Tszinpin Jahon iqtisodiy forumida.

Foto: Reuters

"Hozir insoniyat Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng og‘ir iqtisodiy inqirozga yuz tutdi", deb aytgan Si Tszinpin. Uning ta'kidlashicha, hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardan biri makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishni kuchaytirish hisoblanadi.

Xitoy raisi dunyo davlatlari iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun trillionlab dollar sarflagani, ammo shunga qaramay dunyodagi iqtisodiy vaziyat hamon beqarorligini qo‘shimcha qilgan.

Si Tszinpinning ta'kidlashicha, uning davlati boshqa davlatlarga koronavirusga qarshi kurashda faol yordam bermoqda.

“Xitoy ayni vaqtgacha pandemiyaga qarshi kurashda 150dan ortiq davlat va 13ta xalqaro tashkilotga yordam ko‘rsatdi, muhtoj davlatlarga 36ta tibbiy ekspertlar guruhini yubordi, vaksina bo‘yicha xalqaro hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlamoqda va unda ishtirok etmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Xitoy rahbari.

Mavzuga oid