Xorazmda fuqaro o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi. Holat haqida rasmiy ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida fuqaro ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani haqida videotasvir tarqaldi.
Zamon.uz’ning Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatiga asosan xabar berishicha, voqea 23 yanvar kuni soat 13:30larda Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan.
Hazorasp tumanida yashovchi, 1977 yil tug‘ilgan shaxs tibbiyot birlashmasi tomiga chiqqan. O‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan pastga olib tushilgan.
Qayd etilishicha, u o‘zining xatti-harakatlarini anglay olmaydigan darajada kuchli mast holatida bo‘lgan. Fuqaro oila a'zolari hamrohligida qo‘yib yuborilgan.
Hozirda Hazorasp IIB tomonidan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.