Jamiyat | 11:39 / 22.08.2018
21200
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda «Kobalt» avtokranga urildi, 3 kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto/Vse42.ru

Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida 21 avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi Q.R. o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu” yo‘lining 481-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.M. boshqaruvidagi “MAZ-5334” rusumli avtokranning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada “Kobalt” avtomashinasi yo‘lovchilari, haydovchining onasi N.R. va uning ayol qarindoshi G.D. jarohat olib voqea joyida halok bo‘lgan, shuningdek qolgan yo‘lovchilar U.Q. va M.K. ismli ayollar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 22 avgust kuni soat 00:30larda yo‘lovchilardan biri U.Q. kasalxonada vafot etgan.

Mavzuga oid